insurez
07-10-2024 16:11

Tuman hokimining fuqarolar qabuli o'tkazildi


Bugun Nurobod tumani Yoshlar markazida haftaning har dushanba kunlari muntazam o'tkazib kelinayotgan navbatdagi fuqarolar qabuli bo'lib o'tdi.

Unda tuman hokimi S.Berdiqulov, Xalq qabulxonasi, hokim o'rinbosarlari hamda tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.

Qabul davomida fuqarolardan gaz, elektr energiyasi, kadastr, ichki yo'llar ta'miri, bandlikni ta'minlash, tibbiyot va boshqa turli sohalar bo'yicha 30 dan ortiq murojaatlar yo'llandi.

Tuman rahbari har bir murojaatni batafsil tinglab, ularning ijobiy yechim topishi yuzasidan mutasaddilarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berdi hamda bir qator murojaatlar joyida ijobiy hal etildi.
 

Teglar
- -