Tuman hokimining 1-o'rinbosari ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi
Bugun Nurobod tumani hokimligida tuman hokimining 1-o'rinbosari R.Ibragimov va mas'ullar ishtirokida mahallalarning “o`sish nuqtalari” va ularda yashovchi aholining tadbirkorlik faoliyatidagi ixtisoslashuvidan kelib chiqib, ularda istiqomat qilib, faoliyat yurituvchi fuqarolarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash tizimini kuchaytirish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.
R.Ibragimovning so'zlariga ko'ra:
"Tumanda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va aholini bandligi ta’minlash, turmush darajasini yaxshilash hamda kichik oilaviy tadbirkorliklarni rivojlantirish maqsadida:
mahallalarda aholini oilaviy tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida aholi xonadonlarida inkubatorlar va parrandachilik, chorvachilik, asalarichilik, tikuvchilik, har xil turdagi xizmat ko‘rsatishlarni tashkil etish maqsadida “Oilaviy tadbirkorlik” dasturi asosida, o‘zini-o‘zi band qilgan va mikroloyihalar moliyalashtirilib kelmoqda.
2025-yil mobaynida:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi PQ-12-sonli "2025-yilda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga asosan, 2025-yilda 9089 ta yangi ish o‘rinlari yaratish va 1930 ta oilani (8845 nafar) kambag‘allikdan chiqarish prognoz rejalari tasdiqlangan.
Jumladan, investisiya loyihalari hisobiga 1191 nafar banklar tomonidan 6344 nafar, qishloq xo‘jaligida 1288 nafar, qurilish yo‘nalishida 266 nafar aholi doimiy, masumiy va vaqtinchalik ishlarda band qilinishi oylar va mahalla kesimida taqsimot qilindi. Joriy yil 1-choragida aholdi bandligi rejasi 832 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, amalda 1940 nafar aholi bandligi ta’minlangan.
Tuman drayver loyihalar asosida “Zarbdor tajribasi”, sanoat, qishloq xo‘jaligi hamda xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarida tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlashga turtki beruvchi, har mahalladagi mavjud imkoniyatlardan kelib chiqqan holda “drayver” loyiha takliflarini joylashtirish ishlari olib borildi.
Joriy yilda ushbu “drayver” loyihalarni amalga oshirilishi rejalashtirilgan “drayver” loyihalar natijasida 130 dan ortiq tadbirkorlik subyektlari va 350 dan ortiq aholi bandligini ta’minlash ko‘zda tutilgan.
Jumladan:
tumanda 2025-yilda hududlar iqtisodiy o‘sishiga turtki beruvchi drayver loyihalarni zarur infratuzilma bilan ta’minlash uchun birinchi bosqichda 4 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan bo‘lib, jumladan:
Nurdum mahallasida 79 gektar yer maydonlarini suv ta’minotini yaxshilash natijasida yer maydonlarini 50 ta lotga bo‘lgan holda aholiga auksion orqali ijaraga beriladi va yangi gilos bog‘lari tashkil etiladi;
Nurbuloq mahallasi hududida joylashgan bo‘sh turgan 2,8 gektar noqishloq yer maydonini zarur infratuzilma bilan ta’minlash va auksion savdolariga chiqarish orqali 12 ta ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish;
Sarikul mahallasida tuman hududidan o‘tuvchi A-378 avtomagistralida yo‘l bo‘yi loyihalarini joylashtirish uchun zarur bo‘ladigan infratuzilma bilan ta’minlash orqali 48 ta savdo va xizmat ko‘rsatish loyihalarini takshil etish;
Chortut mahallasidagi 2,5 gektar yer toifasini o‘zgartirish va zarur infratuzilma bilan ta’minlash orqali hududda 10 ta dam olish maskanlari, 5 ta savdo va xizmat ko‘rsatish lolihalarini tashkil etish rejalashtirilgan.
“Mehnatkash” mahallasi hududida joylashgan bo'sh turgan 1,0 gektar yaylov yer maydoni toifasini o‘zgartirish va zarur infratuzilma bilan ta’minlash orqali 10 ta ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini tashkil etish;
ushbu loyihalar amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlash va yangi ish o‘rinlari yaratilishini ta’minlash maqsadida 4 dona transformator, 7,6 km tarmoq tortish, 4 dona quduq, 1,8 km asfaltlash, 1,5 km quvur, 2 ta suv inshooti qurish ishlari bajarilmoqda.
Ushbu kommunikatsiyalarni amalga oshirish uchun Respublika byudjetidan jami 4076,0 mln so‘m ajratilishi rejalashtirilgan. “Drayver” loyihalarni amalga oshirish natijasida esa 130 ga yaqin tadbirkorlik sub’yektlari va 350 dan ortiq aholi bandligi ta’minlanishi rejalashtirilgan".