Tuman hokimi S.Berdiqulovning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi
Bugun Nurobod tumani Yoshlar markazida tuman hokimi S.Berdiqulovning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.
Qabulda Xalq qabulxonasi, hokim o‘rinbosarlari, tumandagi barcha korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda fuqarolar ishtirok etishdi.
Fuqarolar tomonidan qishloq xo‘jaligi, kadastr, elektr energiyasi, tabiiy gaz, tibbiyot, bandlikni ta’minlash va turli moddiy yordamlar olish kabi masalalar yuzasidan 20 dan ortiq murojaat yo‘llandi.
Tuman rahbari barcha murojaatlarni batafsil tinglab, muammolar yechimi yuzasidan mas’ullarga kerakli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi hamda ijrosi nazoratga olindi.