Tuman hokimi S.Berdiqulovning fuqarolar uchun navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi
Bugun Nurobod tumani Yoshlar markazida tuman hokimi S.Berdiqulovning fuqarolar uchun navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.
Unda Xalq qabulxonasi, hokim o‘rinbosarlari hamda tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.
Qabulda fuqarolardan 20 dan ortiq murojaatlar kelib tushdi.
Aksariyat murojaatlar fuqarolar va yoshlar bandligini ta’minlash, kadastr, elektr energiyasi, subsidiya, qurilish, turli moddiy yordamlar olish va ijtimoiy himoya daftarlari doirasida so‘ralgan amaliy yordamlardan iborat bo‘ldi.
Tuman rahbari fuqarolarning barcha murojaat va takliflarini batafsil tinglab, muammolarning qisqa fursatlardagi yechimi yuzasidan mas’ullarga kerakli topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.
Yana bir qator murojaatlar bo‘yicha shu joyning o‘zida tegishli tavsiyalar berilib, amaliy yordamlar ko‘rsatildi.