insurez
15-11-2024 14:56

Tuman hokimi S.Berdiqulov ishtirokida brifing bo'lib o'tdi


Bugun Nurobod tumani hokimligida tuman hokimi S.Berdiqulov ishtirokida "Nurobod tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar" mavzusida brifing bo'lib o'tdi.
 

Tuman rahbarining ta'kidlashicha:

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PF-46-sonli “Respublika ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tumanda 402,6 ming dona daraxt ko‘chatlari ekish belgilangan. Shuningdek, ushbu loyiha doirasida  “Hokimlik bog‘i” hamda yashil bog‘lar tashkil etilishi maqsad qilingan.

 

Bugungi kunda, “Yashil makon” platformasida tuman rejasi bajarilishi 88.2 % ni tashkil etib, ya’ni 355,4 ming dona daraxt ko‘chatlari tasdiqlangan.

Loyiha doirasida tuman tashkilotlari tomonidan mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekish ishlari olib borilmoqda. Shundan;

 

- Fermer xo‘jaliklari va paxtachilik-g‘allachilik klasterlarning dalalari chetlarida ihota barpo qilishga 16 300 dona;

 

- Bog‘zorlar, tokzorlar va yangi tutzorlar barpo etishga  111 800 dona;

 

- 39 ta MFY lar hamda aholi tomorqalari atrofida 70 230 dona;

 

- Obodonlashtirish boshqarmalari hududlarida 29 500 dona;

 

- O‘rmon fondi yerlarida o‘rmon barpo etishga 30 000 dona;

 

- Avtomobil va temir yo‘l yoqalarida 40 960 dona;

 

- Daryolar, kanallar, ariqlar va zovurlar bo‘ylariga 1 500 dona;

 

- Atrof-muhitga ta’sir xavfi bo‘yicha yuqori va o‘rta darajadagi xavfli toifalarga mansub sanoat korxonalari tomonidan 1 ta korxonalarga “Yashil belbog‘”lar barpo etishga 1 200 dona;

 

- Sog‘liqni saqlash obyektlari hamda ularga tutash hududlarga 6 560 dona;

 

- Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar muassasalari hamda ularga tutash hududlarga 2 460 dona;

 

- Vazirlik, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va korxonalar hamda ularga tutash hududlarga 39 400 dona;

 

- Tijorat banklari hamda ularga tutash hududlarga 5 500 dona daraxt ko‘chatlari ekiladi.

 

Albatta, ko‘chat ekilayotganda tumanning iqlim sharoitidan kelib chiqilgan holda katalpa, shum tol, qayrag‘och, ayland, chinor, tut, jiyda, yong‘oq, behi, uzum, mojjevelnik, sharq tuyasi, bodom, olma, olcha, gilos, butalar, o‘rik va boshqa manzarali daraxt ko‘chatlari ekish ishlari olib borilmoqda.

 

Aziz tumandoshlar!

 

Fursatdan foydalanib, sizlarni ham yurtimiz bo‘ylab davom etayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasida faol ishtirok etishga chaqirib qolaman”.

 

Teglar
- -