insurez
03-05-2025 18:15

Tuman hokimi obodonlashtirish va yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi


Nurobod tumani hokimi M.Buranov bugun Do‘stlik va Sarikul mahallalarida amalga oshirilayotgan qurilish, obodonlashtirish va yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Mahallalardagi bunyodkorlik jarayonlarini ko‘zdan kechirgan tuman rahbari mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari bo‘yicha mutasaddi rahbarlarga tegishli topshiriqlar berdi.

Xususan, mahallalardagi ichki yo'llar holati, atrof-muhit tozaligini saqlash va obodonlashtirish ishlarini yanada jadallashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

O'rganishlar davomida M.Buranov mahallalar aholisi bilan uchrashib, ularning muammolari, taklif va murojaatlarini tingladi.

Aholi tomonidan bildirilgan muammolar o'rganilib, ularni tez fursatda bartaraf etish uchun amaliy chora-tadbirlar belgilandi.

Tumanda olib borilayotgan bu kabi ishlar aholining hayot sifati va farovonligini oshirishga, shuningdek, mahallalarda qulay va zamonaviy yashash muhitini yaratishga xizmat qiladi.

Teglar
- -