Tuman hokimi ishtirokida ochiq muloqot bo'lib o'tdi
Nurobod tumani hokimligida tuman hokimi S.Berdiqulov ishtirokida “2024-yilning 9 oyi davomida aholini ish bilan ta’minlash hududiy dasturi ijrosining ta’minlanlanganligi va kelgusidagi rejalar” mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Tuman rahbari bu borada amalga oshirilgan ishlar sarhisobiga to‘xtalar ekan, quyidagilarni ta’kidladi:
“Tumanda jami 39 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari mavjud bo‘lib, ularda 163.5 ming aholi, 31.6 ming xonadon, 39.3 ming ta oila istiqomat qiladi.
Tumanimizda:
-mehnat resurslari 81 ming 677 nafarni;
-iqtisodiy faol aholi 60 ming 957 nafarni;
-rasmiy band aholi 17 ming 232 nafarni;
-norasmiy band aholi 33 ming 969 nafarni;
-chet elga ishlash uchun ketganlar 5 ming 733 nafarni;
-ishsizlar yil boshida 4397 nafarni, ishsizlik darajasi 7,2 foizni tashkil etgan bo‘lsa, hozirda 4023 nafarni, ishsizlik darajasi 6,6 foizni tashkil etmoqda.
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-yanvardagi “2024-yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish dasturi to‘g‘risida” PQ-7-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tumanda 4 ming 987 ta ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan bo‘lib, joriy yilningyanvar-sentyabr oylari davomida 7 ming 676 ta ish o‘rinlari tashkil qilingan holda belgilangan reja 124,0% foizga bajarildi.
Jumladan:
-yirik va hududiy investisiya loyihalarini ishga tushirish hisobiga 212 ta (107%) doimiy ish o‘rinlari;
-xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish hisobiga 5439 ta (176%) ish o‘rinlari;
-qishloq xo‘jaligida aholini doimiy va mavsumiy ishlarda band qilishda 1718 ta (69%) ish o‘rinlari yaratildi.
Shuningdek, bu ko‘rsatkich agroklasterlarda rejalashtirilgan 16 tadan 1 ta, fermer xo‘jaliklarida rejalashtirilgan 591 tadan 141 ta (24 %), takroriy ekin ekishlarida bandligini ta’minlash rejasi 851 tadan 244 ta (28,7%) tani tashkil etsa, pillachilik va suv xo‘jaligi obyektlari atrofidagi yerlar hisobidan ish o‘rinlari yaratilmagan.
Qurilish sohasida aholini doimiy va vaqtinchalik ishlarda band qilishda 307 ta (137%) ish o‘rinlari yaratilgan bo‘lsa, avtomobil va temir yo‘l qurilishi sohasida 22 tadan 6 ta yoki 3 foizga bajarilgan.
Nurobod tumanida kambag‘allikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirish borasida umummilliy harakat doirasida 780 ta oila rahbarlarga biriktirilib berildi. Dastlabki xatlov-o‘rganish doirasida ushbu 780 ta oilalarning 3332 nafar a’zosi bo‘lib, ularning mehnatga layoqatli oila a’zolari 936 nafar (erkaklar - 462 nafar, ayollar - 474 nafar)ni tashkil etishi ma’lum bo‘ldi. Shulardan, bandlar 754 nafarni, rasmiy bandlar 148 nafarni, norasmiy bandlar 532 nafarni tashkil etmoqda.
Tumanda bugungi kunda olib borilayotgan vakansiya xatlov natijasida 331 ta vakant ish joylari bor bo‘lsada, 1-yarim yillikda 4023 nafar ishsizlar aniqlanib, ishsizlik darajasi 6,6 foiz bo‘lib qolmoqda.
Kelgusida bu ko‘rsatkichlarni yanada minimallashtirish, ishsiz aholi sonini yanada kamaytirish maqsad qilingan”.