Tuman hokimining navbatdagi fuqarolar qabuli o'tkazildi
Bugun Nurobod tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimi M.Buranovning tuman fuqarolari uchun navbatdagi qabuli bo'lib o'tdi.
Unda hokim o'rinbosarlari, tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari, fuqarolar va yoshlar ishtirok etishdi.
Qabul davomida 30 dan ortiq murojaatlar yo'llanib, ular asosan elektr energiyasi, kadastr, ichki yo'llar ta'miri, uy-joy, kredit, bandlikni ta'minlash, tibbiyot va turli moddiy yordamlar olish yuzasidan bo'ldi.
Tuman rahbari har bir murojaatni ijobiy hal etilishi yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriq va vazifalar berdi hamda ijrosi nazoratga olindi.