insurez
18-03-2025 15:02

Tomorqani daromad manbaiga aylantirish vaqti keldi


So'nggi yillarda yurtimizda aholi turmush farovonligi oshirish, ularni kambag'allar safidan chiqarib, bandligi va doimiy daromad manbaiga ega bo'lishlarini ta'minlash eng ustuvor vazifalardan biriga aylangan.

Ayni shu ezgu maqsadlarni ko'zlagan holda, bugun Nurobod tumani hokimi M.Buranov, tegishli mas'ullar va mahalla faollari hamkorligida tumanda “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida qilinayotgan ishlar yuzasidan manzilli o'rganishlar olib borildi.

O'rganishlar doirasidagi navbatdagi manzil tumanning tog'li Saroy va Sazag'on mahallalari bo'ldi.

O'rganishlardan ma'lum bo'ldiki, ko'plab xonadonlarda ekin ekish ishlari boshlab yuborilgan, bo'sh qolayotgan yerlar ham haydalib, ekishga tayyor holatga keltirilgan.

Tuman rahbari barcha fuqarolar ham fursatni gʻanimat bilgan holda tezroq harakatni boshlashi kerakligi, bu ishlar ro'zg'or barakasi uchun xizmat qilishini ta'kidlab, bu borada kerakli tavsiya va topshiriqlar berdi.
 

Teglar
- -