Tog‘li Sarikulda iqtisodiy faollik: hokim tashrifi yangi imkoniyatlar ochmoqda
Bugun Nurobod tumani hokimi M.Buranov tumanning Sarikul mahallasida bo‘lib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollari yuzasidan o‘rganishlar olib bordi.
Dastlab mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishildi. Faollar tomonidan aholi murojaatlarini tinglash, muammolarni o‘z vaqtida ijobiy hal etish, fuqarolar bandligini ta'minlash, yoshlar va xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi faolligini oshirish yo‘lida olib borilayotgan ishlar batafsil sarhisob qilindi.
Shuningdek, tuman rahbari fuqarolar xonadonlarida bo‘lib, mahalla aholisining tomorqalaridan nechog‘li unumli foydalanayotganligi, ularga kerakli sabzavot va ozuqabop ekinlar ekilish holati hamda fuqarolarning parrandachilik sohasidagi faoliyati bilan tanishdi.
Yakunda hududni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish, tadbirkorlik uchun keng imkoniyatlar yaratish, ko‘plab yangi ish o‘rinlari ochish, tomorqadan unumli foydalanishni yo‘lga qo‘yish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari ko‘lamini oshirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.