Tergov sudyasining vakolatlari belgilandi
Yurtimizda inson huquqlarini himoya qilish “Inson sha’ni va qadr-qimmati uchun” prinsipi asosida yangi bosqichga ko‘tarilyapti. Bunda shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirishga, shuningdek aholining tizimga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga e’tibor qaratilmoqda. Sud-tergov amaliyotida ham samarali mexanizmlar ishlab chiqildi.
Xususan, jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxsning erkinlik va shaxsiy daxlsizlikka oid konstitutsiyaviy huquqlarini sud tomonidan ishonchli ta’minlash maqsad qilingan. Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlarida tergov sudyasi lavozimi joriy etilgani bejiz emas.
Joriy yil 28-yanvar kuni qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga shaхsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun shu maqsadga yo‘naltirilgan.
Tergov sudyasining vakolatlari jumlasiga qamoqqa olish yoki uy kamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash, muddatini uzaytirish, ushlab turish muddatini qirq sakkiz soatgacha cho‘zish, pasport (harakatlanish hujjati)ning amal qilishini toʻхtatib turish,
ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish, shaхsni tibbiy muassasaga joylashtirish, eksgumatsiya, pochta-telegraf joʻnatmalari hamda mol-mulkni хatlash, tintuv kabi iltimosnomalarni ko‘rib chiqish kiradi.
Qonun bilan tergov sudyasining vakolat doirasiga kiritilgan ishlarni koʻrib chiqish tartibi ham belgilanmoqda. Xususan, tintuv oʻtkazish uchun asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, prokuror, tergovchi yoki surishtiruvchi tintuv oʻtkazish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqida qaror chiqaradi va uni oʻtkazish asoslarini bayon etadi.
Iltimosnoma materiallar kelib tushgan paytdan e’tiboran 8 soatdan kechiktirmay yopiq sud majlisida koʻriladi.
Jaxongir Arslanov,
Jinoyat ishlari bo‘yicha Nurobod tuman sudi raisi.
Muzaffar Omonov,
Jinoyat ishlari bo‘yicha Nurobod tuman sudining tergov sudyasi.