insurez
18-03-2025 13:06

Tepaqul mahallasida turizm sohasi va chorvachilik drayverini rivojlantirish yuzasidan istiqbolli rejalar belgilandi


Bugun Nurobod tumani hokimi M.Buranov va Markaziy bankning Samarqand viloyati bosh boshqarmasi boshlig'i O.Azimovlar tumanda  “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan tanishish maqsadida tuman mahallalarida tegishli o'rganishlar olib borishdi.

O'rganishlar doirasidagi dastlabki manzil Tepaqul mahallasi bo'lib, mahalla yettiligi tomonidan aholi orasida tomorqa madaniyati va yerga ishlov berish texnikasi samaradorligini oshirish, issiqxonalardan unumli foydalanish va yuqori hosildorlikka erishishni tashkil etish borasida qilingan ishlar batafsil ko'zdan kechirilib, mahallada drayver sohalarini rivojlantirish yuzasidan  mas'ullarga kerakli topshiriq va vazifalar berildi.

Shuningdek, hududda turizm sohasini rivojlantirish, bunda turistik zona va dam olish maskanlarini tashkil etish yuzasidan o'rganishlar olib borilib, tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
 

Teglar
- -