insurez
27-03-2026 20:06

Tepaqul – bahor nafasi ufurayotgan go‘sha


Nurobodning eng go‘zal va so‘lim maskanlaridan biri bo‘lmish Tepaqul tog‘lari bugun o‘zgacha joziba kasb etgan. Bu yerda tabiat uyg‘onib, yasharish va yangilanish fasli – bahor o‘zining bor go‘zalligi bilan hukmronlik qilmoqda.

Tepaqul bag‘riga qadam qo‘ygan har bir inson tevarak-atrofni chulg‘ab olgan yam-yashil maysalar, sharqiroq va zilol oqayotgan buloq suvlar, cho‘g‘dek lovullab turgan qizg‘aldoqlarni ko‘rib, qalban huzur topadi. Bu go‘zal manzara insonning bahri-dilini ochib, kundalik tashvish va charchoqlarni butkul unutishga undaydi.

Bu maskan nafaqat tabiat mo’jizasi, balki ruhiy orom va ilhom manbai sifatida har bir keluvchini o‘ziga rom etadi.

Teglar
- -