Tashabbusli byudjet – xalq tashabbusi va mahalla taraqqiyoti kafolati
“Tashabbusli byudjet” dasturining 2025-yilgi 2-mavsumida Nurobod tumani uchun 19 mlrd. 798 mln so‘m mablag‘ ajratildi. Ovoz berish jarayonlari yakuniga ko‘ra 13 ta loyiha g‘olib deb topildi.
10 ta loyiha – mahallalardagi ichki yo‘llarni ta’mirlash va asfaltlashtirish,
2 ta loyiha – umumta’lim maktablarini ta’mirlash hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash,
1 ta loyiha – tuman tibbiyot birlashmasi tarkibidagi Sazag‘on hududiy bo‘limiga yangi bino qurishga qaratilgan.
G‘olib loyihalar ro‘yxati:
Navbahor MFY – Sepki-Ag‘ron yo‘lining 2-4 km qismini asfaltlash (5 261 ovoz, 1,5 mlrd so‘m).
Omondara MFY – 21-maktab yonidan 78-maktabgacha bo‘lgan yo‘llarni asfaltlash (4 933 ovoz, 1,5 mlrd so‘m).
Omondara MFY – Chunqaymish qishlog‘i ichki yo‘llarini asfaltlash (3 876 ovoz, 1,5 mlrd so‘m).
Arabota MFY – Gulobod guzaridagi Tim-8 va Tim-9 ko‘chalarini asfaltlash (3 455 ovoz, 1,5 mlrd so‘m).
Navbahor MFY – Sepki-Ag‘ron yo‘lining 0-2 km qismini asfaltlash (3 405 ovoz, 1,5 mlrd so‘m).
Xalqabod MFY – 4-umumta’lim maktabiga jihozlar xarid qilish (3 294 ovoz, 1,39 mlrd so‘m).
Sarikul MFY – 17-maktabga sport zal qurish (3 240 ovoz, 1,4 mlrd so‘m).
Saroy MFY – Sazag‘on hududiy bo‘limida yangi zamonaviy shifoxona qurish (2 656 ovoz, 1,5 mlrd so‘m).
Omondara MFY – ichki tuproq va tosh yo‘llarni asfaltlash (2 567 ovoz, 1,09 mlrd so‘m).
Boshquduq MFY – Yangi qishloq va Qozitup guzarlaridagi ko‘chalarni asfaltlash (2 078 ovoz, 1,5 mlrd so‘m).
Boshquduq MFY – Gumbaz q. va boshqa ichki yo‘llarga asfalt yotqizish (1 924 ovoz, 1,5 mlrd so‘m).
Sahoba MFY – ichki yo‘llarga asfalt qoplamasi yotqizish (1 709 ovoz, 1,5 mlrd so‘m).
Saroy MFY – guzar ichki yo‘llarini asfaltlashtirish (1 372 ovoz, 1,5 mlrd so‘m).