Tadbirkorlar bilan uchrashuv o'tkazildi
Bugun Nurobod tuman hokimligida tuman Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bo'limi, bank sohasi vakillari hamda tadbirkorlar ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Unda tadbirkorlik uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, fuqarolarning o'zini-o'zi band qilishlari va tadbirkorlik faoliyatlarini boshlab olishlari uchun ajratiladigan imtiyozli kreditlar tog'risida batafsil ma'lumot va tushunchalar berildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan yo'llangan savollarga mas'ullar tomonidan atroflicha javoblar berildi.