#sport_sarhisob
Bugungi kunda Nurobod tumani Sport maktabida 67 nafar trener-murabbiylar tumanimizning uch mingdan ortiq o‘quvchi-yoshlariga sportning 16 turidan (yengil atletika, boks, dzyudo, futbol, voleybol, basketbol, badiiy gimnastika, stol tennisi, badminton, og‘ir atletiika, gandbol, parayengil atletika, pinchak silat, kurash, shaxmat va o‘zbek jang san’ati) sport mashg‘ulotlarini olib bormoqda.
Sport maktabi o‘quvchilari tomonidan o‘tgan 2024-yil davomida xalqaro sport musobaqalarida sportning o‘zbek jang san’ati, pinchak silat, voleybol turlaridan jami 12 ta (3ta oltin, 1 ta kumush, 8 ta bronza), Respublika sport musobaqalarida sportning voleybol, milliy kurash, parayengil atletika, o‘zbek jang san’ati, pinchak silat turlaridan jami 42 ta (12 ta oltin, 14 ta kumush va 16 ta bronza) medallarni qo‘lga kiritishdi.