Soliq tushumlari – barqaror taraqqiyot kafolati
Bugun Nurobod tumanida soliq siyosatini takomillashtirish va byudjet tushumlarini barqaror ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda tuman prokurori J. Abdihakimov, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari R. Ibragimov hamda tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i M. Erkinov boshchiligida tegishli tashkilot va korxonalarning rahbarlari, shuningdek, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda soliq tushumlarining o‘z vaqtida va to‘liq undirilishi nafaqat davlat byudjetining barqarorligini ta’minlashi, balki tumandagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish uchun muhim omil ekani alohida ta’kidlandi.
Tuman prokurori soliq intizomini mustahkamlash va bu borada fuqarolar hamda tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida tushuntirish ishlarini kuchaytirish zarurligini ta’kidladi. Shu bilan birga, byudjet intizomini buzish, soliqdan bo‘yin tovlash va korrupsion holatlarga qarshi qat’iy choralar ko‘rilishini ma’lum qildi.