insurez
09-07-2024 15:54

Soliq qarzi uchun korxona hisobidagi mol-mulkni xatlash mumkin


Mol-mulkni xatlash – soliq organining soliq to‘lovchi bo‘lgan yuridik shaxsning mol-mulkiga nisbatan mulk huquqini cheklashga doir harakati bo‘lib, ushbu usul soliq qarzini undirish to‘g‘risidagi qarorning bajarilishini ta’minlash maqsadida qo‘llaniladi. Soliq to‘lovchining soliq qarzi bo‘yicha uning mol-mulkini xatlash soliq to‘lovchiga soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnoma yuborilgan kundan boshlab 15 kalendar kun ichida u tomonidan to‘liq bajarilmagan taqdirda amalga oshiriladi. Mol-mulkni xatlash soliq to‘lovchining bankdagi hisobvaraqlarida pul mablag‘lari yetarli bo‘lmagan yoki yo‘q bo‘lgan taqdirda faqat soliqni (penyani, jarimani) to‘lash majburiyati uning ana shu mol-mulki hisobidan bajarilishini ta’minlash uchun qo‘llanilishi mumkin. Soliq qarzi bo‘yicha soliq to‘lovchilarning mol-mulkini xatlash sud hamda soliq organi qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.

Teglar
- -