insurez
05-06-2025 19:27

Sobirsoy suv ombori hududida yangi loyihalar ustida ish olib borilmoqda


Bugun Nurobod tumani hokimi M.Buranov Sobirsoy suv ombori hududida bo'lib, ushbu maskanda amalga oshirilishi rejalashtirilgan yangi loyihalar yuzasidan joyiga chiqqan holda o'rganish ishlarini olib bordi.

O'rganishlar davomida suv ombori atrofi va unga tutash hududlarning salohiyati ko'zdan kechirildi. Suv omborining tabiiy va geografik imkoniyatlaridan samarali foydalanish, uni sayyohlik, dam olish va xizmat ko'rsatish yo'nalishlarida rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Shuningdek, hududda zamonaviy infratuzilmalarni barpo etish, oilaviy hordiq chiqarish maskanlari tashkil qilish, ekologik barqarorlikni ta'minlash hamda aholi uchun yangi ish o'rinlarini yaratish imkoniyatlari yuzasidan takliflar ilgari surildi.

Tadbirkorlarni ushbu loyihalarga faol jalb etish, davlat-xususiy sheriklik asosida hamkorlikni kengaytirish borasida mutasaddilarga aniq vazifa va ko‘rsatmalar berildi.

Teglar
- -