“SIZ KUTUBXONAGA KELMASANGIZ, KUTUBXONA SIZNING OLDINGIZGA BORADI”
Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbus o‘z samaralarini bermoqda. Jumladan, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biriga aylandi. Bu borada Nurobod tuman Axborot-kutubxona markazida ham ibratli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ayni paytda kutubxonamizda 15432 ta ziyod kitob fondi mavjud. Shundan 80 ga yaqinini elektron adabiyotlar tashkil etadi. Yaqinda tumanimizda “Kutubxonaga mening hissam” loyihasi ostida kitoblar yarmarkasi tashkil qilindi.
Loyiha natijasida tuman axborot-kutubxona markazining kitob fondi 559 dona kitobga boyidi.
Axborot-kutubxona markazi xodimlari aholini kitobxonlikka jalb qilish kitobga mehr uyg’otish mutolaa quvonchi, mutolaa zavq-shavqidan bahramand etish, kitobning yorqin nuri, issiq tafti bilan kelajagimiz vorislarini intellektual salohiyatli, sog’lom fikrli, ma’rifat va taraqqiyot sari intiluvchan qilib tarbiyalash maqsadida “Amir Temur”MFY, “Sharq Yulduzi”MFY, “Navro‘z”MFY, BABM, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari, tuman IIB, ko‘zi ojizlar jamiyati hamda bir qatot tashkilotlar ishtirokida “Kitobxon oila”, "Eng ibratli oila", “Kitobsevar millat”, “Yosh kitobxon”, “Men sevgan qahramon”, “Bir asar tarixi”,”Bir adib bilan suhbat”,“Har oilaga – kitob bilan”, “Siz kutubxonaga kelmasangiz, kutubxona sizning oldingizga boradi”, “Kutubxona va mahalla”, “Kitobga oshno qalblar”, “Zukko bolajon”, “O‘lkamga sayohat”, “Kutubxona va tashkilot” hamda boshqa ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ustozlar, o‘quvchi yoshlar, mahalla faollari va turli soha vakillari hamda tashkilot-muassasalarning xodimlari kitobga bo‘lgan mehr-muhabbatlarini namoyon etishmoqda. Shuningdek, qator tashkilot va korxonalar xodimlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularni ishdan ajralmagan holda kitob o‘qishlari uchun sharoitlar yaratish maqsadida ko‘chma kutubxonalar tashkil etildi. Natijada 600 nafardan oshiq tashkilot ishchi-xodimlari kutubxonaga qamrab olindi.
Nurobod tuman Axborot-kutubxona markazi direktori O.A.Butayev