“Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi
Bugun Nurobod tumani hokimligi apparati xodimlari uchun har juma kuni an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Siyosiy-ma’rifat soati”ning navbatdagi o'quv mashg‘uloti tashkil etildi.
Tadbir davomida mamlakatimizda va jahon miqyosida sodir bo‘layotgan eng muhim siyosiy hamda ijtimoiy jarayonlar yuzasidan tahliliy ma’lumotlar ishtirokchilarga taqdim etildi.
Shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi arafasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan e’lon qilingan “Markaziy Osiyo yangi davr ostonasida” sarlavhali maqolasi mazmun-mohiyati haqida batafsil tushunchalar berildi.
O'quv mashg‘uloti davomida to‘y va marosimlarni ixchamlashtirish, maromiylik dasturiga rioya etish borasida Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida amalga oshirilayotgan ezgu ishlar aks ettirilgan videolavhalar namoyish etildi.
Shuningdek, “Davlat tilida ish yuritish” yo‘nalishida amaliy misollar asosida tushuntirishlar berilib, “Bilasizmi?” loyihasi doirasida turli qiziqarli va foydali ma’lumotlar ishtirokchilarga yetkazildi.




