insurez
12-12-2025 10:58

“Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi


Bugun Nurobod tumani hokimligi apparati xodimlari uchun har juma kuni an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Siyosiy-ma’rifat soati”ning navbatdagi mashg‘uloti o‘tkazildi.

Tadbir davomida pokistonlik yozuvchi Muhammad Abbosxon qalamiga mansub “Oʻzbekiston: Uchinchi Renessans – Taraqqiyot Konsepti” nomli kitob taqdimoti yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
Unda asarda ilgari surilgan g‘oyalar, zamonaviy taraqqiyot konsepsiyasi, Yangi O‘zbekiston islohotlarining mohiyati borasida fikr-mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, davlat xizmatchilarining ish samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi muhim yo‘nalishlar haqida tushuntirishlar berildi.

Xususan, sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha yangi o‘quv qo‘llanma namoyish etildi va xodimlar tomonidan amaliyotda qo‘llash imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

Teglar
- -