"Siyosiy-ma’rifat soati" bo'lib o'tdi
Siyosiy-ma’rifat o‘quv soati bo‘lib o‘tdi
Bugun Nurobod tumani hokimligi apparati xodimlari haftaning har juma kuni tashkil etilib kelinayotgan navbatdagi "Siyosiy-ma’rifat soati"da ishtirok etishdi.
Ushbu ma'rifat soatida hafta davomida o‘tkazilgan Oliy Majlis palatalarining yangilangan tartibdagi birinchi sessiyalari tafsiloti, mazmun-mohiyati va davlat xizmatchisining odob-axloq qoidalari, xodimlarning davlat tili me'yorlariga amal qilishi mavzularida so'z yuritildi.
Shuningdek, o‘quv soati davomida quyidagi masalalarga to‘xtalib o‘tildi:
▫️“Mahalladan gapiramiz” rukni;
▫️“Mutolaa vaqti” rukni;
▫️"Nima? Qachon? Qayerda?" rukni;
▫️O‘zbekiston va xorijdagi eng muhim yangiliklar.