insurez
26-02-2025 17:45

Sirojiddin Berdiqulov boshqa ishga munosib kuzatildi


Bugun Nurobod tumani hokimligida faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda shu paytgacha tuman hokimi lavozimida ishlagan Berdiqulov Sirojiddin Valiqulovich boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan munosib kuzatildi.

Yig‘ilishda keng jamoatchilik vakillari va nuroniylar S.Berdiqulovning samarali mehnat faoliyatiga ulkan baho berib, sohalar rivojida qilgan ishlari e’tirof etildi.

S.Berdiqulovning kelgusidagi mehnat faoliyatiga ulkan omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz.
 

Teglar
- -