insurez
10-04-2025 15:49

Sihatgohlar va xizmat sohasi – Nurbuloqning asosiy drayveri


Bugun Nurobod tumani hokimi M.Buranov va Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi boshlig‘i O.Azimovlar tumanning Nurbuloq mahallasida bo‘lib, ushbu mahallaning asosiy drayveri – xizmat ko‘rsatish sohasi, ya’ni suv bilan davolash sihatgohlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Mahallada bugungi kunda 25 ta suv bilan davolash muassasalari faoliyat yuritib, radonli va mineral suvlar yordamida turli kasalliklarni davolashda samarali xizmat ko‘rsatishmoqda. Shu bilan birga, yana 5 ta yangi sihatgohlar qurilish jarayonida bo‘lib, kelajakda bu sohada ko‘proq imkoniyatlar yaratish ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, mahalla hududida 4 ta uy mehmonxonalari ham faoliyat olib bormoqda. Ushbu mehmonxonalar nafaqat dam olish, balki sog‘lomlashtirish va davolash yo'nalishida xizmat ko‘rsatib, turistlar va mahalliy aholi uchun sifatli sharoitlar yaratilgan.

O'rganishlar davomida suv bilan davolash sihatgohlarini yanada rivojlantirish, yangi xizmat turlarini joriy etish va mehmonxonalarning infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha takliflar bildirildi.

Xizmat ko'rsatish sohasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyektlarining muammolarini hal etish, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.
 

Teglar
- -