insurez
09-04-2025 17:08

Shavkat Bobomurodov — Baxshichilik an'analarining munosib davomchisi


O‘zbekiston baxshichilik san’ati — xalqimizning asrlar davomida shakllangan ma’naviy merosi, og‘zaki ijodning betakror namunasi sifatida e’tirof etiladi. Bu san’at nafaqat xalq qalbiga ozuqa, balki yosh avlodga milliy ruh, vatanparvarlik va hayotiy saboq ulashuvchi bebaho maktabdir.

Yaqinda Xorazm viloyatida baxshichilik san’ati yo‘nalishida Respublika ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqada yurtimizning turli hududlaridan baxshi, oqin va jirovlar o‘z mahoratini namoyish etdilar.

Ushbu nufuzli ko‘rik-tanlovda Nurobod tumanidan ishtirok etgan baxshi Bobomurodov Shavkat Qurboniyozovich o‘ziga xos ijodi, badihago‘ylik mahorati, ovoz quvvati va sahnadagi tabiiyligi bilan e’tiborni tortdi. Uning sahnadagi har bir chiqishi tomoshabinlar qalbiga yetib bordi, hakamlar e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

Ko‘rik-tanlov yakunlariga ko‘ra, Shavkat Bobomurodov "Eng yaxshi badihago‘y baxshi" nominatsiyasi g‘olibi deb topildi. Bu nafaqat ijodkorning yutug'i, balki Nurobod baxshichilik maktabining yuksak saviyada rivojlanayotganidan dalolatdir.

Teglar
- -