Sharq Yulduzi mahallasida jamoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli profilaktik tadbirlar o'tkazildi
Jamoat xavfsizligini ta’minlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, eng muhimi, aholi osoyishtaligini mustahkamlash maqsadida Nurobod tumanining Sharq Yulduzi mahallasi hududida keng ko‘lamli profilaktik tadbirlar tashkil etildi.
Mazkur tadbirlar doirasida Nurobod tumani hokimi M.Buranov, tuman prokurori J.Abdixakimov, tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i S.Sharipov, ichki ishlar bo‘limi va Milliy gvardiya xodimlari hamda mahalla faollari ishtirokida xizmat oldi yo‘riqnomasi o‘tkazildi.
Yo‘riqnoma jarayonida xizmatga jalb etilgan xodimlarga jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ishonchli ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda profilaktik ishlarni samarali va tizimli tashkil etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.
Shuningdek, xizmat intizomini mustahkamlash, hushyorlik va shaxsiy mas’uliyatni yanada oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bundan tashqari, mahalla hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish, aholi bilan manzilli va individual ishlash, huquqbuzarliklarga sabab bo‘layotgan omillarni aniqlash hamda ijtimoiy muhit barqarorligini ta’minlash masalalari yuzasidan tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.
Profilaktik tadbirlar davomida fuqarolar bilan bevosita muloqot qilinib, ularning murojaat va takliflari tinglandi, xavfsizlikni ta’minlash borasida amaliy tavsiyalar berildi.
Sharq Yulduzi mahallasida o‘tkazilgan mazkur profilaktik tadbirlar fuqarolarning tinch va osoyishta hayotini ta’minlash, mahallalarda huquq-tartibotni mustahkamlash hamda jinoyatchilikka nisbatan murosasiz muhitni shakllantirishga xizmat qilishi bilan muhim ahamiyat kasb etdi.




