Sektor rahbarlarining probatsiya nazoratidagi fuqarolar bilan uchrashuvi tashkil etildi
Nurobod tuman IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida turuvchi nazorat ostidagi shaxslar bilan tuman hokimi S.Berdiqulov va sektor rahbarlari ishtirokida muloqot o'tkazildi.
Uchrashuvda probatsiya hisobida turuvchi fuqarolarning muammolari yuzasidan taklif, savol va murojaatlari tinglanib, ularning qonuniy yechim topishi bo'yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagini bildirgan fuqarolarning tumandagi ilg'or va tashabbuskor tadbirkorlar bilan uchrashuvi tashkil etilib, tadbirkorlar tomonidan muhim tavsiya va maslahatlar berildi.
Shuningdek, ushbu fuqarolar bandligini ta'minlash, ularning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish va daromad topishlariga ko'maklashish maqsadida hududdagi bo'sh ish o'rinlari bilan tanishtirildi hamda ishlash istagida bo'lgan fuqarolarning bandligi ta'minlandi.