Sektor rahbari og'ir toifadagi yoshlar xonadonlarida bo‘lib, oila a'zolari bilan suhbatlar o'tkazdi
Bugun Nurobod tumani davlat Soliq inspeksiyasi boshlig'i, 4-sektor rahbari M.Erkinov sektor hududidagi Bunyodkor va Buloqboshi mahallalarida o'ziga biriktirilgan og'ir toifadagi yoshlar xonadonlarida bo‘lib, oila a'zolari bilan suhbatlar o'tkazdi.
Samimiy ruhda o'tgan muloqot davomida xonadon a'zolarini muammolari va takliflari tinglanib, ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Yoshlarning va oila a'zolarining ish va yashash sharoitlari o'rganilib, murojaatlari ijobiy hal etilishi uchun barcha kerakli yordamlar berilishi ta’kidlandi.