Sektor rahbari ijtimoiy soha obyektlaridagi qish mavsumiga tayyorgarlik holati bilan tanishdi
Bugun Nurobod tumani soliq inspeksiyasi boshlig'i, 4-sektor rahbari M.Erkinov hududdagi ijtimoiy soha obyektlarida bo'lib, ularning qish mavsumiga tayyorgarlik holatini batafsil o'rgandi.
Sektor rahbari umumta'lim maktablari, maktabgacha ta'lim tashkilotlari va tibbiyot muassasalariga tashrif buyurib, mavsumni betalafot o'tkazish borasida qilingan ishlar holati, ulardagi isitish tizimlari, ko'mir zaxiralari, uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minganlik holati bilan tanishdi.
Shuningdek, Chorvador mahallasida aholi murojaat va takliflarini tinglash, og'ini yengil qilishga qaratilgan sayyor qabul o'tkazildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan bir qator masalalar yuzasidan 10 dan ortiq murojaatlar yo'llandi.
Murojaatlarning ijobiy yechim topishi hamda ijtimoiy soha obyektlarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.