Sektor rahbari Boshquduqdagi sport majmualarida bo'ldi
Nurobod tumanida yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, ularning jismonan barkamol bo'lib ulg'ayishlarini ta'minlash maqsadida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, bugun tumanning Boshquduq mahallasida sportning kurash va futbol turlari bo'yicha musobaqalar tashkil etildi.
Shuningdek, 2-sektor rahbari, tuman prokurori J.Abdihakimov mahalla hududidagi sport inshootlari, ularda faoliyat yuritayotgan jismoniy tarbiya va sport to'garaklari faoliyati bilan batafsil tanishdi.
Mahalla yoshlarining sport bilan muntazam shug'ullanishlarini ta'minlash, buning uchun yetarli shart-sharoitlar yaratish, ulardan Respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalar g'oliblarini yetishtirib berishdek ustuvor maqsadlar yo'lida kerakli chora-tadbir va rejalar belgilab olindi.