insurez
15-04-2025 18:41

Saroyqo‘rg‘on qishlog‘ida ekoturizm salohiyati: Nurobodda yangi imkoniyatlar eshigi ochilmoqda


Bugun Nurobod tumani hokimi M.Buranov va Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi boshlig‘i O.Azimovlar tumanda yetakchi drayver sohalar va ekoturizmni rivojlantirish masalalari yuzasidan o'rganishlar olib bordi.

O'rganishlar doirasida navbatdagi manzil Nurdum mahallasidagi Kattaqo'rg'on suv omboriga tutash Saroyqo'rg'on qishlog'i bo'ldi.

Saroyqo‘rg‘on qishlog‘i ekoturizmni rivojlantirish uchun ulkan imkoniyatlarga ega. Jumladan, hududning  tabiiy resurslari, xususan, suv omborining sohillari, qishloq manzaralari va toza havosi ekoturizm uchun katta imkoniyatlar eshigini ochadi.

Hududga tadbirkorlik subyektlarini jalb etish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va mahalliy aholi bandligini ta’minlash orqali nafaqat turizm sohasi rivoji, balki fuqarolar bandligini ta'minlash va  aholi turmush darajasini yanada oshirish masalalari muhokama etildi.

Saroyqo'rg'onda ekoturizmni rivojlantirish bo‘yicha zarur infratuzilma obyektlarini qurish, sihatgohlar, dam olish maskanlari, mehmonxonalar tashkil etish va ekologik musaffolikni ta'minlash borasida tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Ushbu tashabbus va istiqbolli rejalar Nurobod tumanining ekoturizm salohiyatini oshirish, mahalliy drayverlarni rivojlantirish yo'lida muhim omil bo'lib xizmat qiladi.
 

Teglar
- -