Sarikul va Chortut mahallalarida tuman rahbarining sayyor qabuli o‘tkazildi
Bugun Nurobod tumani hokimi, 1-sektor rahbari S.Berdiqulovning sektor hududidagi Sarikul va Chortut mahallalarida fuqarolar va yoshlar uchun sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.
Hokim o‘rinbosarlari, tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etgan sayyor qabullar davomida fuqarolarning 30 dan ortiq muammo, murojaat va takliflari tinglandi.
Murojaatlar elektr energiyasi, tabiiy gaz, kadastr, bandlikni ta’minlash, tibbiyot va boshqa turli moddiy yordamlar olish kabi masalalar yuzasidan yo‘llandi.
Tuman rahbari har bir murojaatni batafsil tinglab, muammolarning ijobiy yechim topishi, qisqa fursatlarda hal etilishi va fuqarolar roziligini ta’minlash yuzasidan mutasaddilarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berdi hamda ijrosi nazoratga olindi.