Sarikul mahallasi aholisining murojaat, taklif va muammolari tinglandi
Bugun Nurobod tumani 1-sektor hududidagi Sarikul mahallasida navbatdagi sayyor qabul o'tkazildi.
Qabulda tuman hokimi o'rinbosarlari, tumandagi tashkilot va korxonalar rahbarlari, hudud fuqarolari va yoshlari ishtirok etishdi.
Fuqarolardan elektr energiyasi, ichki yo'llar ta'miri, kadastr, soliq, tibbiyot, moliya va boshqa masalalar yuzasidan 20 ga yaqin murojaatlar yo'llandi.
Yakunda murojaatlarning qisqa vaqtlarda o'z yechimini topishi, aholi muammolarining ijobiy hal etilishi bo'yicha tegishli chora-tadbirlar belgilanib, ijrosi tegishli mas'ullar zimmasiga yuklatildi.