insurez
08-04-2025 17:36

Sanoat va turizm – Nurobodning istiqbolli yo‘nalishlari


Bugun viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari F.Abilov hamda Nurobod tumani hokimi M.Buranovlar tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi hamda turizm salohiyatini oshirish yo‘nalishida bir qator muhim o‘rganish ishlarini amalga oshirdi.

Urgut erkin iqtisodiy zonasining Sazag‘on massivida joylashgan sanoat korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishib, ishlab chiqarish jarayonlarida yuzaga kelayotgan muammo va kamchiliklar o‘rganildi.

Shuningdek, hududdagi Mehnatkash va Chortut mahallalarining turizm salohiyati ham ko‘zdan kechirildi. Ushbu hududlarning tabiiy go‘zalligi, tog‘li relyefi va manzaralari ekoturizmni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlarga ega ekani ta’kidlandi.

Tegishli mutasaddilar bilan birgalikda xorijiy va mahalliy sayyohlarni jalb qilish, infratuzilmani yanada yaxshilash, mahalliy aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan loyihalar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Bu kabi tashabbuslar tumanning turizm salohiyati oshishiga hamda hudud iqtisodiyotining rivojlanishiga xizmat qilishi shubhasiz.

Teglar
- -