Samarqand shahrida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan yangi tizim asosida aholining tomorqa va ijara yerlaridan samarali foydalanish orqali daromadlarini oshirish chora-tadbirlari” mavzusida respublika ko‘rgazmali seminari bo‘lib o‘tdi
Bugun Samarqand shahrida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan yangi tizim asosida aholining tomorqa va ijara yerlaridan samarali foydalanish orqali daromadlarini oshirish chora-tadbirlari” mavzusida respublika ko‘rgazmali seminari bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbirda Nurobod tumanining hunarmandlari ham ishtirok etib, o'zlarining hunarmandchilik durdonalarini namoyish etishdi.
Jumladan, nurobodlik qo'lda gilam to'qish yo'nalishida faoliyat yuritib kelayotgan hunarmand B.Xo'jaqulova ko'rgazmada o'zining milliy quroqchilik mahsulotlari bilan ishtirok etdi.
Ko'rgazma davomida hunarmandchilik sohasida o'zaro tajribalar almashildi, sermahsullikni oshirish va aholi daromadlarini ko‘paytirish bo‘yicha kerakli amaliy tavsiyalar berildi.