insurez
06-02-2025 11:35

“Samarqand noni” geografik ko'rsatkich sifatida davlat ro'yxatidan o'tkazildi


“Geografik ko'rsatkichlar to'g'risida”gi Qonunga ko'ra, tovarni muayyan geografik obyekt hududidan kelib chiqqan tovar sifatida identifikatsiyalovchi belgi geografik ko'rsatkich deb eʼtirof etilib, unda tovarning sifati, nom qozonganligi yoki boshqa xususiyatlari uning geografik jihatdan kelib chiqishiga sezilarli darajada bog'liq bo'ladi.
 

Adliya vazirligi geografik ko'rsatkichlarni huquqiy jihatdan muhofaza qilish sohasidagi vakolatli organ hisoblanadi. Samarqand viloyat adliya boshqarmasining ko'magi bilan bugun, 4-fevral kuni dunyoga mashhur “Samarqand noni” geografik ko'rsatkich sifatida Adliya vazirligi tomonidan davlat ro'yxatidan o'tkazildi.
 

Adliya vaziri Akbar Toshqulov viloyat  hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyevga  “Samarqand noni” geografik ko'rsatkich sifatida vazirlik tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgani to‘g‘risidagi guvohnomani topshirdi.

Teglar
- -