insurez
25-02-2026 21:52

Sahoba: chorvachilikni rivojlantirish va aholi farovonligi yo‘lida


Bugun Nurobod tumani markazidan qariyb 100 kilometr uzoqlikda joylashgan olis Sahoba mahallasida tuman hokimi M.Buronov rahbarligida mahalla aholisi bilan ochiq osmon ostida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida mahalla aholisining muammolari, taklif va tashabbuslari atroflicha tinglandi. Fuqarolar tomonidan asosan yaylov yer munosabatlari, chorvachilikni rivojlantirish, tomorqalardan unumli foydalanish, ijtimoiy soha obyektlari faoliyatini yanada yaxshilash masalalari ko‘tarildi. Har bir murojaat yuzasidan mas’ul rahbarlarga aniq topshiriq va ko'rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi. Ayrim masalalar joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar bo‘yicha tegishli muddatlar belgilandi. 

O'rganishlar davomida mahalladagi ta’lim, tibbiyot va boshqa ijtimoiy soha obyektlarining mavjud holati ko‘zdan kechirildi. Muassasalarning moddiy-texnik bazasi, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmat sifati va infratuzilma bilan bog‘liq masalalar o‘rganilib, ularni yaxshilash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Sahoba mahallasi aholisi asosan chorvachilik sohasi bilan shug‘ullanadi. Tuman hokimi xonadonlarda bo‘lib, aholi turmush sharoiti, tomorqa va chorvachilik faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Chorvadorlar bilan suhbat davomida yem-xashak bazasini mustahkamlash, naslli chorva sonini oshirish, kredit va subsidiya imkoniyatlari, sifatli go'sht mahsuloti yetishtirish va sotish tizimini yaxshilash masalalari muhokama qilindi. Sohani rivojlantirish orqali aholi daromadini ko‘paytirish va yangi ish o‘rinlari yaratish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi. 

Mazkur o'rganishlar aholi bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, hududlarni kompleks rivojlantirish hamda fuqarolarning turmush farovonligini oshirishga qaratilgan amaliy sa’y-harakatlarning yana bir ifodasi bo‘ldi.

Teglar
- -