insurez
30-07-2025 08:49

Ruxsatnomasiz har qanday qurilishga – jazo muqarrar!


So‘nggi yillarda Nurobod tumanida fuqarolar tomonidan ruxsatsiz uy-joy va tadbirkorlik obyektlarini qurish holatlari keskin oshmoqda. Vaholanki, har qanday qurilish qonuniy asosda, belgilangan tartibda ruxsatnomalar asosida amalga oshirilishi shart. Afsuski, ayrim fuqarolar yerga egalik huquqi, arxitektura xulosasi, texnik va loyiha hujjatlarini olmasdan, o‘z boshicha qurilish ishlarini boshlamoqda.

Kadastr agentligi Nurobod tuman bo‘limi tomonidan 2023–2025-yillarda noqonuniy qurilishlarga qarshi keskin choralar ko‘rildi:

2023-yil:
— 150 ta yer va qurilish qonunbuzarliklari aniqlanib, 68 nafar shaxsga ma’muriy jarima qo‘llandi;
— Jarimalarning umumiy so'mmasi: 641,2 mln so‘m;
— 83 ta holatda 99,84 gektar yer o‘z holiga qaytarildi;
— 68 ta ish sudga oshirilib, noqonuniy obyektlar buzildi.

2024-yil:
— 249 ta qonunbuzarlik aniqlanib, 196 ta jarimalar rasmiylashtirildi;
— Jarimalarning umumiy so'mmasi: 2 mlrd 542,8 mln so‘m;
— 53 ta holatda 36,9 gektar yer ixtiyoriy ravish o'z holiga qaytarildi;
— 157 ta noqonuniy qurilish bo‘yicha sud qarorlari chiqarildi.

2025-yilning 6 oyida:
— 141 ta holatda ogohlantiruvchilar bayonnomalar rasmiylashtirilib, 122 nafar shaxslarga jarimalar qo‘llandi;
— Jarimalarning umumiy so'mmasi: 8 mlrd 156 mln so‘m;
— 20 ta holatda 2,8 gektar yer o‘z holiga qaytarildi;
— 119 ta ish sudga oshirilib, ularning 102 tasi sud qarori bilan qanoatlantirildi.

Nurobod tumani hokimligi vakolatli tashkilotlar bilan hamkorlikda bu masalada qat’iy va prinsipial pozitsiyani egallagan. 

Tumanning bir qator mahallarida hujjatlari bo'lmagan qurilish maydonlarida nazorat va monitoring ishlari davom ettirilmoqda va har bir qonunbuzarlik holati bo‘yicha qonuniy choralar ko‘riladi. 

Hurmatli fuqarolar! 

Uy-joy yoki tadbirkorlik faoliyatini boshlashdan avval, barcha zarur hujjatlarni rasmiylashtirib oling. 

Qurilish talablarining har qanday buzilishi va fuqarolar manfaatlariga zarar yetkazuvchi harakatlarga nisbatan qat’iy va murosasiz choralar ko‘riladi.

Qonun – hamma uchun barobar.
Ruxsatnomasiz qurilishga – jazo muqarrar!

Teglar
- -