insurez
03-09-2025 15:14

Respublika ishchi guruhi tuman tadbirkorlarining murojaatlarini tingladi


Ayni paytda Nurobod tumanida bo'lib turgan Respublika ishchi guruhi ishtirokida tadbirkorlar uchun navbatdagi qabul tashkil etildi. Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosarlari, tegishli soha mutasaddilari, tashkilot va idora rahbarlari hamda tadbirkorlar ishtirok etishdi.

Qabul davomida yurtimizda tadbirkorlikni rivojlantirish, ularning faoliyati uchun keng imkoniyat va sharoitlar yaratishga qaratilgan islohotlar mohiyati tumanda qay darajada olib borilayotgani muhokama etildi. Shuningdek, tadbirkorlar o‘z faoliyatida duch kelayotgan muammo va takliflarini Respublika ishchi guruhi a’zolariga bevosita yetkazish imkoniga ega bo‘ldilar.

Uchrashuvda tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish, yer ajratilishi, bank kreditlari hamda soliq imtiyozlaridan foydalanish yuzasidan murojaatlar tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Teglar
- -