Respublika ishchi guruhi a'zolari Nurobod tumanida o'rganish ishlari olib bormoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi "2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-1-sonli qarori ijrosi yuzasidan Respublika ishchi guruhi Nurobod tumanida ham o'rganish ishlari olib bormoqda.
Bugun ishchi guruh a'zolari, tuman sektor rahbarlari hamda tegishli mas'ullar birgalikda tumanning "qizil" toifadagi Amir Temur, Navro'z, Qilichli va Boshquduq mahallalarida bo'lib, hududda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishishdi.
Aholi bandligini va yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazishini ta'minlash, bu orqali hududda sodir etilishi mumkin bo'lgan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha “mahalla yettiligi” a'zolarining olib borayotgan faoliyati batafsil tahlil etilib, huquqbuzarliklar profilaktikasini “Yo‘l xaritasi” asosida to‘liq ijro etish hamda ijtimoiy profilaktika tizimini samarali yo‘lga qo‘yish yuzasidan mas'ullarga tegishli vazifa va topshiriqlar berildi.
Yakunda ushbu vazifalar ijrosi hamda tumanda ijtimoiy xavfsiz muhit va aholi farovonligini ta'minlash yo'lida hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.