"Ravon yo`llar – xalqimiz farovonligi, bunyodkorlik qudrati timsoli" mavzusida brifing o'tkazildi
Bugun Nurobod tumani hokimligida tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi boshlig‘i M.Raimshukurov ishtirokida "Ravon yo`llar – xalqimiz farovonligi, bunyodkorlik qudrati timsoli" mavzusida brifing bo'lib o'tdi.
M.Raimshukurovning so'zlariga ko'ra:
"Nurobod tuman yo'llardan foydalanish korxonasi Davlat muassasasi tomonidan Nurobod tumani hududidagi Davlat ahamiyatidagi 147 km va mahalliy ahamiyatdagi 241 km, jami 388 km umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarida ta’mirlash, yo‘l holatini saqlash, qishki qarov ishlari amalga oshiriladi.
Hozirgi kunda korxonada 24 nafar muxandis-texnik xodim va 72 nafar ishchi mexanizatorlar, jami 96 nafar xodim mehnat qiladi. Shundan 3 ta yo‘l bo‘limida 67 nafar xodim avtomobil yo‘llari holatini saqlash ishida band. Pudrat bo‘limida 13 nafar xodim avtomobil yo‘llarini ta’mirlash, ko‘kalamzorlashtirish, qishki qarov va pudrat ishlarini bajaradi. Bundan tashqari 12 nafar ma’muriy-boshqaruv apparati xodimlari va 4 nafar xizmat ko‘rsatuvchi va texnik yordamchi xodimlar mehnat qiladilar.
Korxonada 5 dona yuk mashinasi, 1 dona suv sepish mashinasi, 1 dona manipulyator, 1 dona yengil avtomobil, 1 dona yuk ortgich (pogruzchik), 2 dona Avtogreyder, 2 dona Katok texnikalari mavjud.
Hozirgi kunda Davlat ahamiyatidagi 147 km avtomobil yo’llarining 87 km qismi holati qoniqarli, 60 km qismi ta’mirtalab holda.
Mahalliy ahamiyatdagi 241 km avtomobil yo’llarining 131,5 km qismi holati qoniqarli, 109,5 km qismi ta’mirtalab holda".