Rasmiy munosabat
Bugungi kunda mamlakatimizda “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida atrof-muhitni muhofaza qilish, yashil hududlarni kengaytirish hamda ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar izchil amalga oshirilmoqda. Mazkur dastur doirasida Nurobod tumani hududida ham belgilangan chora-tadbirlar asosida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda "Nurobod tumanida daraxt ekish ishlariga o'qituvchilar jalb etilayotganligi, daraxtlar nomigagina ko'zbo'yamachilik uchun ekilayotganligi" to'g'risida tarqalgan video murojaatda keltirilgan ma’lumotlar haqiqatga mos emasligini ma’lum qilamiz.
Tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlari, shuningdek, umumta’lim muassasalari o‘qituvchilarining daraxt ekish ishlariga majburiy tarzda jalb etilgani to‘g‘risidagi iddaolar asossiz bo‘lib, ular mavjud holatni noto‘g‘ri talqin qilish natijasida tarqatilgan.
Shuningdek, videoda aks etgan yer maydonlari hozirgi kunda O‘rmon va yashil hududlarni ko‘paytirish hamda cho‘llanishga qarshi kurashish agentligi tomonidan belgilangan tartibda pistazorlar tashkil etilayotgan hududlar hisoblanadi. Ushbu ishlar mutasaddi tashkilotlar tomonidan reja asosida va qonunchilik talablariga muvofiq olib borilmoqda.
Fuqarolardan faqat rasmiy va ishonchli manbalarga tayanishni, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan tekshirilmagan ma’lumotlarga nisbatan e'tiborli bo‘lishlarini so‘raymiz.




