insurez
30-07-2025 16:50

RASMIY MUNOSABAT


Joriy yilning 29-iyul kuni youtube.com ijtimoiy tarmog‘i orqali Nurobod tumani “Sharq Yulduzi” mahallasida yashovchi fuqaro Xayitov Shavkat Uzoqovich tomonidan yo‘llangan video murojaat bo‘yicha belgilangan tartibda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida aniqlanishicha, fuqaro Xayitov Shavkat Uzoqovich tomonidan "Nurgamma" xususiy fermasiga qarashli 100 kvadrat metr hamda tuman zaxirasida bo‘lgan aholi punktlari yeridan 93 kvadrat metr maydonni tegishli hujjatlarsiz o‘zboshimchalik bilan egallab, mazkur yer maydonlarida noturar bino va ayvon qurganligi holati qayd etilgan.

Mazkur holat yuzasidan 2025-yil 24-iyul kuni Kadastr agentligi Samarqand viloyati Nurobod tuman bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 60-moddasi 3-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Shuningdek, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasidagi qurilmani buzish va yer maydonini majburiy tartibda bo‘shatish yuzasidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Nurobod tuman sudiga da’vo arizasi kiritilgan bo‘lib, holat qonuniy tartibda bartaraf etilishi ta’minlanadi.

Shu munosabat bilan, yana bir bor barcha fuqarolarimizni yerga oid qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish, har qanday qurilish ishlarini faqat tegishli ruxsatnomalar asosida amalga oshirish zarurligini eslatib o‘tamiz.

O‘zlashtirib olingan yer maydonlari va hujjatsiz qurilmalar bo‘yicha qonunchilikka zid harakatlar aniqlanganda, ularga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilishi ta’minlanadi.

Teglar
- -