insurez
30-03-2025 07:45

Ramazon hayiti tumanimizda shod-u hurramlik va ezgu niyatlar bilan qarshi olindi


Bugun erta tongdan muborak Ramazon hayiti tumanimizda shod-u hurramlik va ezgu niyatlar bilan qarshi olindi. 

Tumanimizdagi 14 ta jome masjidlarida yurtdoshlarimiz yig‘ilib, shukronalik ila hayit namozini o‘qishga kirishildi.

Yurtimiz tinchligi, osmonimiz musaffoligi, tumanimizning yanada ravnaq topishi so'ralib, duoga qo'l ochildi.

Barchangizga Ramazon hayiti muborak boʻlsin!
 

Teglar
- -