Qurolini o‘z ixtiyori bilan topshirgan fuqarolar ma'muriy javobgarlikdan ozod etiladi
2024-yil 27-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasining “Qurol to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 220¹-moddasiga qo‘shimcha kiritish haqida” O‘RQ-946-son Qonuni qabul qilindi.
Unga ko'ra, endilikda pnevmatik, signal beruvchi, tig‘li sovuq, uloqtirish qurolini va o‘zini o‘zi himoya qilish qurolini o‘z ixtiyori bilan topshirgan fuqarolar ma’muriy javobgarlikdan ozod qilinadi.