insurez
06-06-2025 06:24

Qurbon hayiti – insoniylik, bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat, saxovat va mehr-oqibat ayyomi


Bugun erta tongdan Nurobod tumanida Qurbon hayiti ayyomi ko‘tarinki kayfiyatda, xalqimizga xos mehr-oqibat va ezgulik ruhida kutib olindi. Tumanimizdagi 14 ta jome masjidlarida yurtdoshlarimiz katta shukronalik bilan to‘planib, Qurbon hayiti namozini ado etdilar.

Namozdan so‘ng yurtimiz tinchligi, osmonimiz musaffoligi, xalqimiz farovonligi va tumanimiz taraqqiyoti uchun duolar qilindi. Imom-xatiblar tomonidan bayramning ma’naviy-axloqiy ahamiyati, insoniylik, fidoyilik va mehr-muruvvati haqida hikmatli so‘zlar aytildi.

Ushbu muqaddas ayyom yurtimizda tinchlik hukm surayotganining, xalqimiz orasida birdamlik va o‘zaro hurmat mustahkam ekanining yana bir bor yaqqol ifodasidir.

Qurbon hayiti barchamizga qutlug‘ bo‘lsin! Ushbu ezgu kun har bir xonadonga fayzu-baraka, qalblarga totuvlik va quvonch olib kirsin!

Teglar
- -