insurez
18-04-2025 11:17

Qonunbuzarlik – jamiyat taraqqiyotiga to‘siq


Qonun — jamiyat tartibi va adolatining tayanchi. Uning buzilishi esa nafaqat shaxsga, balki butun jamiyatga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu holat fuqarolar ishonchini susaytiradi, ijtimoiy barqarorlikka raxna soladi va taraqqiyotga to‘siq bo‘ladi.

Bugun Nurobod tumanidagi umumta'lim maktablarida o‘tkazilgan “Qonun buzilishining jamiyatga salbiy ta’siri” mavzusidagi dars mashg‘ulotlarida aynan shu jihatlarga e’tibor qaratildi. 

Tuman prokurori J.Abdihakimov va prokuratura xodimlari tomonidan yuqori sinf o‘quvchilariga qonun buzilish holatlarining oqibatlari haqida tushunchalar berildi.

Dars mashg'ulotlari davomida davomida qonunbuzarliklarning oldini olish, huquqiy madaniyatni oshirish va yoshlarda halollik tamoyillarini shakllantirish bo‘yicha muhim fikrlar bildirildi.
 

Teglar
- -