“Qishloq xo`jaligida yangi yerlarni o'zlashtirish va unumdorligi past bo`lgan yerlardan ham samarali foydalanish borasida ko'rilayotgan chora-tabirlar” mavzusida brifing bo‘lib o‘tdi
Bugun Nurobod tumani hokimligida tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari D.Qorayev ishtirokida “Qishloq xo`jaligida yangi yerlarni o'zlashtirish va unumdorligi past bo`lgan yerlardan ham samarali foydalanish borasida ko'rilayotgan chora-tabirlar” mavzusida brifing bo‘lib o‘tdi.
D.Qorayevning ta’kidlashicha:
"Yurtimizda jami ishlatiladigan suvning 90%i qishloq xo‘jaligiga to‘g‘ri keladi. Sug‘orish usullarining tabaqalanmaganligi hamda ko‘plab hududlarda sug‘orish inshootlarining eskirganligi natijasida sug‘orishda suvlarning yo‘qotilishlariga olib kelmoqda.
Suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etish hisobiga 50-60% suvni iqtisod qilish mumkin. Birgina ko‘chma egiluvchan quvurlardan foydalanish suvni 10-15% ga, tomchilatib sug‘orish esa 35-65%ga tejash imkonini beradi.
Mamlakatimizda suvni tejovchi texnologiyalarni tadbiq etishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-dekabrdagi “Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada jadal tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4919-sonli, “Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 1-martdagi PQ-144-son qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-fevraldagi “Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xarajatlarining bir qismini qoplash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 95-sonli qarorlari qabul qilingan.
Mazkur qarorlarning ijrosini ta’minlash maqsadida tumanimiz hududida 2024-yilda 250 gektar yer maydonida tomchilatib, 150 gektarda yomg‘irlatib, 240 gektarida egiluvchan quvur yordamida, 200 gektar maydonlarda plyonka to‘shab sug‘orish texnologiyalarini joriy etish rejalashtirilgan bo‘lib, yil yakuniga qadar belgilangan rejalar to‘liq ishga tushiriladi".