insurez
20-02-2025 16:51

Qishloq xo'jaligi sohasida amalga oshirilgan ishlar muhokama etildi


Bugun Nurobod tumani hokimligida tuman hokimi S.Berdiqulov, tuman prokurori J.Abdihakimov, mahalla raislari va ilg'or fermerlar ishtirokida muhokama yig'ilishi o'tkazildi.

Yig'ilishda paxta ekin maydonlarini mavsumga tayyorlash, mahalliy va mineral o‘g‘itlar bilan ishlov berish, dala madaniyatiga rioya etish, sohaga oid qaror va farmonlar ijrosini ta'minlash, bunda, dala chetlariga mevali va manzarali ko‘chatlar ekish masalalari batafsil muhokama etildi.

Yakunda muhokama qilingan masalalar va tumandagi qishloq xo'jaligi sohasini yanada rivojlantirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
 

Teglar
- -